Xabarlar tezkor Telegram kanalimizda Obuna bo'lish ×

Sudlanuvchilar pasportlarining amal qilish muddati to‘xtatib qo‘yiladi

Sudlanuvchilar pasportlarining amal qilish muddati to‘xtatib qo‘yiladi

Xabar.uz

Endilikda sudlanuvchilarning pasportlari amal qilish muddati to‘xtatib qo‘yiladi. Bu haqdagi qonun loyihasini senatorlar ma’qullashgan.

Pasportning amal qilishini to‘xtatib turish faqat davlatlararo yoki xalqaro qidiruv e’lon qilingan ayblanuvchiga yoki sudlanuvchi shaxsga nisbatan qo‘llaniladi.

Bundan maqsad — ayblanuvchi, sudlanuvchi surishtiruvdan, dastlabki tergovdan va suddan bo‘yin tovlashining oldini olish, uni bundan keyingi jinoiy faoliyatining oldini olish, hukmning ijro etilishini ta’minlashdir.

Shu sababli Jinoyat-protsessual kodeksiga «Pasportning (harakatlanish hujjatining) amal qilishini to‘xtatib turish» deb nomlangan yangi bob kiritilgan.

Izohlar 0

Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting

Kirish

Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring