Xabarlar tezkor Telegram kanalimizda Obuna bo'lish ×

«Spark»da 54 ta jarima aniqlandi. Qarzdorlik endi to‘langanida ortidan yana ikkita jarima keldi

«Spark»da 54 ta jarima aniqlandi. Qarzdorlik endi to‘langanida ortidan yana ikkita jarima keldi

Toshkent shahrida «Spark» avtomashinasi haydovchisi B.A. yo‘l harakati qoidalariga amal qilmay harakatlangani sabab 54 bor radar va kameralarga tushgani aniqlandi.

Toshkent shahar IIBB YHXBning qarorlariga asosan qarzdordan ma’muriy jarimani undirish MIBning Olmazor tuman bo‘limi ish yurituviga kelib tushgan.

Qarzdor fuqaro 2022 yildan boshlab bugungi kunga qadar sodir etgan qoidabuzarliklari 14 mln. 500 ming so‘mga yetgan. Biroq, u mazkur jarimalarni o‘z vaqtida qoplashni o‘ylamay, yo‘llarda harakatlanish paytida qayta-qayta qoidani buzib kelgan.

Qarzdorlik to‘lanmasa «Spark» jarima maydonidan joy olishi kerak. Chunki, xatlanib, onlayn auksion savdolariga chiqarish choralari ko‘riladi. Byuroning Olmazor tuman bo‘limi davlat ijrochilari tomonidan olib borilgan  majburiy ijro harakatlari natijasida, qarzdor fuqarodan  14,5  mln. so‘mlik ma’muriy jarima undirilgan.

«O‘rgangan ko‘ngil» deganlaridek, qarzdan endi qutilgan haydovchining yana ikkita yangi jarimasi undiruv uchun bo‘lim ish yurituviga kelib tushgan.

Izohlar 0

Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting

Kirish

Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring