Xabarlar tezkor Telegram kanalimizda Obuna bo'lish ×

Senat tomonidan «Milliy gvardiya to‘g‘risida»gi Qonun ma’qullandi

Senat tomonidan «Milliy gvardiya to‘g‘risida»gi Qonun ma’qullandi

Qonunga muvofiq, Milliy gvardiya O‘zbekiston Respublikasi Qurolli Kuchlari tarkibiga kiruvchi harbiy tuzilmalarga ega huquqni muhofaza qiluvchi organlar qatoriga kiritilmoqda.

Shuningdek, Milliy gvardiyaning asosiy vazifalari sifatida, jumladan:

— jamoat tartibi va xavfsizligi, shu jumladan, ommaviy tadbirlar, mitinglar, yig‘ilishlar, namoyishlar o‘tkazilayotganda hamda fuqarolar gavjum bo‘ladigan joylarda jamoat tartibi va xavfsizligini ta’minlash;
— tabiiy va texnogen xususiyatga ega favqulodda hodisalarni bartaraf etishda hamda huquqbuzarliklarning oldini olish, ularni aniqlash va ularga chek qo‘yish maqsadida jamoat joylarida patrullik qilishda ishtirok etish belgilanmoqda.

Qonuniylik, fuqarolarning huquqlari va qonuniy manfaatlariga rioya etish, yagonalik, mustaqillik Milliy gvardiya faoliyatining asosiy prinsiplari etib belgilanmoqda.

Ma’qullangan qonun Prezident tomonidan imzolanib, belgilangan tartibda e’lon qilingach rasmiy kuchga ega bo‘ladi.

Izohlar 0

Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting

Kirish

Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring