Xabarlar tezkor Telegram kanalimizda Obuna bo'lish ×

Samarqandda oltin tosh o‘g‘rilari ushlandi

Samarqandda oltin tosh o‘g‘rilari ushlandi

Illyustrativ foto

Shu yilning 23-dekabr kuni Samarqand viloyatining Qo‘shrabot tumanida Navoiy kon metallurgiya kombinati tasarrufidagi Janubiy kon boshqarmasiga qarashli 4-sonli Gidrometallurgiya zavodining «Ma’dan maydalash» uchastkasining uch nafar ishchisi jinoiy til biriktirib, umumiy qiymati 6961035 so‘mlik tarkibida 20,67 gr. oltin moddasi bo‘lgan 386 kg. ma’danli toshlarni o‘g‘irlab chiqib ketayotgan vaqtlarida qo‘lga olingan.

IIV Jamoatchilik va ommaviy axborot vositalari bilan aloqalar boshqarmasi xabar berishicha, holat yuzasidan jinoyat ishi qo‘zg‘atilib, tergov harakatlari olib borilmoqda.

Izohlar 0

Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting

Kirish

Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring