Xabarlar tezkor Telegram kanalimizda Obuna bo'lish ×

Samarqandda moliyaviy piramida fosh etildi

Samarqandda moliyaviy piramida fosh etildi

Foto: Xabar.uz

Bosh prokuratura huzuridagi Departamentning Samarqand shahar bo‘limi tomonidan fuqarolarning murojaatlariga asosan o‘tkazilgan tergovga qadar tekshiruvda fuqaro H.H. va boshqalar «Samarqand credit» nomli MChJni tashkil etgani aniqlandi.

Ular jismoniy shaxslarning mablag‘larini jalb etishga doir faoliyatni amalga oshirib, lnstagram ijtimoiy tarmog‘ida oldindan 20 foiz to‘lov qilib 5 xil turdagi kreditlarni uzoq muddatga olish mumkinligi haqida e’lonlar berib, 45 nafar fuqaroga kredit ajratish evaziga 20 foizlik dastlabki to‘lov sifatida jami 479 mln so‘m naqd pullarini firibgarlik yo‘li bilan qo‘lga kiritgan.

Mazkur holat yuzasidan Jinoyat kodeksining 168-moddasi (firibgarlik) 188-1-moddasi (pul mablag‘larini va (yoki) boshqa mol-mulkni jalb etishga doir noqonuniy faoliyat) bilan jinoyat ishi qo‘zg‘atilib, tergov harakatlari o‘tkazilmoqda.

Izohlar 0

Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting

Kirish

Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring