Xabarlar tezkor Telegram kanalimizda Obuna bo'lish ×

Rossiya Oliy sudi raisi vafot etdi

Rossiya Oliy sudi raisi vafot etdi

Moskvada Rossiya Oliy sudi raisi Vyacheslav Lebedev uzoq davom etgan kasallikdan keyin 81 yoshida vafot etdi.

Vyacheslav Lebedev 1991 yilning dekabridan beri Rossiya Oliy sudi raisi lavozimida ishlab kelgan.

Bugun, 24 fevral kuni Rossiya Oliy sudi raisi vazifasini bajaruvchi tayinlandi. Bu vazifani Petr Serkov bajaradi.

Petr Serkov Oliy sud Prezidiumi a’zosi, 2009 yildan esa raisning birinchi o‘rinbosari bo‘lib ishlagan.

Rossiya prezidenti Vladimir Putin Oliy sud raisi Vyacheslav Lebedevning vafoti munosabati hamdardlik bildirgan.

Izohlar 0

Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting

Kirish

Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring