Xabarlar tezkor Telegram kanalimizda Obuna bo'lish ×

Qo‘qonda kissavur jinoyat ustida qo‘lga olindi

Qo‘qonda kissavur jinoyat ustida qo‘lga olindi

Foto: «IIV.UZ»

13-noyabr kuni kuni soat 19:20 larda T.X. Qo‘qon shahar Navbahor ko‘chasida joylashgan savdo majmuasiga xarid uchun kelgan I.Sh. ismli ayolning qo‘lidagi sumkasidan 700.000 so‘m puli bo‘lgan hamyonini kissavurlik yo‘li bilan yashirin ravishda talon-taroj qilib, hodisa joyidan yashirinmoqchi bo‘lgan vaqtda Qo‘qon shahar IIO FMB JQB va Farg‘ona viloyati IIB PPX va JTSB PPX bataloni xodimlari tomonidan hodisa joyida ushlangan.

Mazkur holat yuzasidan Qo‘qon shahar IIO FMB huzuridagi tergov bo‘limi tomonidan Jinoyat kodeksining 25,169-moddasi 2-qismi «a» bandi (kissavurlik) bilan jinoyat ishi qo‘zg‘atilib, sud tomonidan «qamoqqa olish» tarzidagi ehtiyot chorasi qo‘llanilgan.

Farg‘ona viloyati IIB Axborot xizmatining ma’lum qilishicha, qonunchilikka asosan Jinoyat kodeksining 169-moddasi 2-qismida ko‘rsatilgan jinoyatni sodir etgan shaxs uch yilgacha ozodlikdan mahrum qilish bilan jazolanishi mumkin.

Izohlar 0

Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting

Kirish

Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring