Xabarlar tezkor Telegram kanalimizda Obuna bo'lish ×

Qo‘qonda fohishaxona tashkil qilgan ayol qamoqqa olindi

Qo‘qonda fohishaxona tashkil qilgan ayol qamoqqa olindi

Farg‘ona viloyatining Qo‘qon shahrida 6 aprel kuni Qo‘qon shahar IIO FMB xodimlari tomonidan o‘tkazilgan tezkor tadbir davomida Z.M. ismli ayol yashash xonadonida fohishaxona tashkil qilib, T.Sh. va T.N.larni jinsiy aloqa qilishi uchun 300.000 so‘m evaziga sharoit yaratib bergan vaqtda ushlangan. Bu haqda Farg‘ona viloyati IIB Axborot xizmati xabar berdi.

Mazkur holat yuzasidan Qo‘qon shahar IIO FMB huzuridagi tergov bo‘limi tomonidan Jinoyat kodeksining 131-moddasi 4-qismi bilan jinoyat ishi qo‘zg‘atilib, Z.M.ga nisbatan sud tomonidan qamoqqa olish tarzidagi ehtiyot chorasi qo‘llanilgan. Tergov xarakatlari davom ettirilmoqda.

Eslatib o‘tamiz, Jinoyat kodeksining 131-moddasi 4-qismida ko‘rsatilgan jinoyatni sodir etgan shaxs besh yildan sakkiz yilgacha ozodlikdan maxrum qilish bilan jazolanadi.

Hurmatli fuqarolar!

Qonunlarga rioya qiling, nopok yo‘llar bilan pul topishdan tiyiling. Zero jirkanch ishingiz oshkor bo‘lib, qonun oldida javob berishga majbur bo‘lasiz.

Izohlar 0

Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting

Kirish

Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring