Xabarlar tezkor Telegram kanalimizda Obuna bo'lish ×

«Qo‘lga olingan sudya» haqida rasmiy bayonot berildi

«Qo‘lga olingan sudya» haqida rasmiy bayonot berildi

Foto: «Xabar.uz»

Ijtimoiy tarmoqlarda sudya «maxsus tadbirda qo‘lga olingani»ga oid xabarlar tarqaldi. Sudyalar oliy kengashi matbuot xizmatiga ko‘ra, ushbu xabar asossiz, haqiqatga to‘g‘ri kelmaydi.

Qayd etilishicha, Toshkent shahar jinoyat ishlari bo‘yicha Sirg‘ali  tuman sudining sobiq sudyasi Sh. Yu. Jinoyat kodeksining 208-moddasi va boshqa moddalari bilan qo‘zg‘atilgan jinoyat ishi bo‘yicha gumondor sifatida jalb qilingan.

«Sh. Yu.  jinoyat ishi qo‘zg‘atilishidan ancha oldin, Sudyalar oliy kengashi qaroriga asosan lavozimidan ozod etilib, sudyalik vakolati muddatidan ilgari tugatilgan», deyiladi Sudyalar oliy kengashining rasmiy bayonotida.

Izohlar 0

Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting

Kirish

Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring