Android qurilmalar uchun Xabar.uz mobil ilovasi. Yuklab olish ×
IOS qurilmalar uchun Xabar.uz mobil ilovasi. Yuklab olish ×

Qish eshik qoqmoqda: mahalliy hokimliklardagi bemalolchilik va bezovta prokuratura...

Qish eshik qoqmoqda: mahalliy hokimliklardagi bemalolchilik va bezovta prokuratura...

Foto: «Kuzbassmayak.ru»

Kuz-qish mavsumi uchun allaqachon tayyorgarlik ishlari boshlanib, buning tepasida prokuratura organlari turganini ko‘pchilik bilmas, ehtimol. Aholi va ijtimoiy soha ob’yektlariga ko‘mir yetkazib berish hamda zaxirasini shakllantirish, bu jarayonda qonun buzilishi holatlarining oldini olishu narx-navo barqarorligini saqlashga balogardon — prokuratura, qisqasi.... Hozirgacha Bosh prokuratura huzuridagi Iqtisodiy jinoyatlarga qarshi kurashish departamenti va uning hududiy boshqarmalari huzurida tegishli vazirlik va idora xodimlaridan iborat Idoralararo tezkor shtablar, bu borada yuzaga keladigan muammolar yuzasidan alohida «Ishonch telefon»lari tashkil etildi.

1

Xullas, bu borada kompleks chora-tadbirlari amalga oshirilyapti, biroq hammasi sip-silliq ketyapti deyish qiyin. Buni Bosh prokuratura boshqarma prokurori Dilmurod Valijonovning asabi tarangligidan ham bilsa bo‘ladi.

D. Valijonovga ko‘ra, buni ko‘mir mahsulotlarini aholi va ijtimoiy soha ob’yektlariga yetkazib berish ahvolidan ham bilsa bo‘ladi. Kuz-qish mavsumi uchun aholiga yetkazib berilishi lozim bo‘lgan 940 ming tonna ko‘mir mahsulotlaridan 300 ming tonnasi «O‘zbekko‘mir» AJ tomonidan 91 ta hududiy omborlarga allaqachon yetkazilgan. Biroq shundan atigi 10 foizi (29 ming tonna) aholiga yetkazilgan, xolos.

Raqamlarni gapirtirsak. Andijonda omborlardagi 70 697 tonna ko‘mir mahsulotlarining 9 foizi, Namanganda 58 890 tonnadan 2 foizi, Farg‘onada 56 500 tonnadan 5 foizi, Samarqandda 25 303 tonnadan 29 foizi, Buxoroda 12 192 tonnadan 7 foizi va Jizzaxda 6 587 tonnadan 17 foizi, Surxondaryoda 6 441 tonnadan 11 foizi, Xorazmda 18 842 tonnadan 40 foizi, Sirdaryoda 3 329 tonnadan 51 foizi va Qashqadaryoda 8 782 tonnadan 1 foizi aholiga yetkazilgan bo‘lsa, Qoraqalpog‘iston Respublikasi, Navoiy va Toshkent viloyatlarida aholiga hali bir gramm ham yetib bormagan.

Qish eshik qoqib turgan paytda ertasini o‘ylagan fuqarolar ham sal faolroq bo‘lishi kerak. To‘g‘ri, ulargayam osonmas, har kimning boshida ming bir muammo. Ammo bugun harakatga tushilmasa, sovuq kunlar kelganda «eh!» deyishga arzimaydi.

2

Ijtimoiy soha ob’yektlariga yetkazib berish rejalashtirilgan 405,4 ming tonna ko‘mir mahsulotlaridan 94 foizi, ya’ni 370 ming tonnasi «O‘zbekko‘mir» AJning hududiy omborlariga vaqtida yetkazilgan. Biroq budjet muassasalari tomonidan 257 ming tonnasi yoki 74 foizi olib ketilgan, xolos. Xususan, 40 ming tonna (umumiy ehtiyojga nisbatan 86 foiz) sog‘liqni saqlash, 45 ming tonna (78 foiz) maktabgacha ta’lim, 156 ming tonna (73 foiz) xalq ta’limi hamda 17 ming tonna (53 foiz) oliy va o‘rta maxsus ta’lim muassasalari tomonidan qabul qilib olingan.

3

Muammo nimada? Turgan gap — mablag‘da. Buning chorasi yozning chillasidayoq ko‘rib qo‘yilgandi, aslida. Ya’nikim, ko‘mir mahsulotlarini xarid qilish uchun budjetdan jami 171 mlrd. so‘m mablag‘lar iyul-oktyabr oylaridayoq grafik asosida ajratib berilishi belgilangan. Bundan tashqari, prokuratura aralashuvi bilan shu oyning (oktyabr) o‘zida mahalliy budjetlardan 8,2 mlrd. so‘m ijtimoiy soha muassasalariga ajratilishi ta’minlandi. Biroq ushbu maqsadlar uchun mahalliy budjetdan ajratilishi lozim bo‘lgan 143 mlrd. so‘mdan atigi 43 foizi (62,2 mlrd so‘m) moliyalashtirilgan, xolos.

Raqamlarni gapirtiraylikmi? Mana: Andijon viloyatiga (grafik bo‘yicha moliyalashtirilish) belgilangan mablag‘larning 72 foizi, Farg‘onada — 70 foizi, Surxondaryoda — 67 foizi, Jizzaxda — 63 foizi, Qashqadaryoda — 60 foizi, Qoraqalpog‘iston Respublikasida — 56 foizi, Navoiyda — 51 foizi, Toshkent viloyatida — 48 foizi, Namanganda — 47 foizi, Sirdaryoda — 46 foizi, Xorazmda — 35 foizi va Buxoroda — 28 foizi amalga oshirilmagan.

Oqibatda, Oliy va o‘rta maxsus ta’lim vazirligi tomonidan 9,7 mlrd. so‘m (89 foizi), Xalq ta’limi vazirligi tomonidan 45,3 mlrd. so‘m (58 foiz), Maktabgacha ta’lim vazirligi tomonidan 14,6 mlrd. so‘m (57 foiz) va Sog‘liqni saqlash vazirligi tomonidan 3,5 mlrd so‘m. (19 foiz) to‘lovlar amalga oshirilmasdan turibdi.

4

Bu yoqda shuncha tezda hal qilinishi lozim bo‘lgan shu-u-uncha masala turganda ijtimoiy soha ob’yektlarining ko‘mir saqlash omborlarining ko‘pi talabga javob bermasligina nima deysiz?! Maktabgacha ta’lim vazirligidagi 351 ta, Xalq ta’limi vazirligidagi 625 ta, Sog‘liqni saqlash vazirligidagi 259 ta hamda Oliy va o‘rta-maxsus ta’lim vazirligidagi 31 ta ombor mavsumga tayyor emas! Bundan tashqari, joyiga chiqqan holda o‘tkazilgan o‘rganishlar davomida «O‘zbekko‘mir» AJga qarashli 91 ta hududiy omborning 55 tasi qoniqarsiz ahvolda ekanligi aniqlandi.

Mazkur omborlardagi kamchiliklarning bartaraf etilishi hududiy prokurorlar tomonidan nazoratga olindi.

5

Tanlon-tarojliklar yo‘qmi? Qayoqda! Bor-da, bor... Departament organlari shu kungacha bu borada 5 ta jinoyatni fosh etib, 684 tonna ko‘mir mahsulotlari talon-taroj qilinishining oldini oldi.

Misol? Marhamat: «O‘zbekko‘mir» AJning «Karmana ko‘mir ombori» xodimlari J.M va A.B. 58,5 tonna ko‘mir mahsulotlarini go‘yoki «Xatirchi ko‘mir ombori»ga yuborilgani haqida qalbaki hujjatlar rasmiylashtirib, Samarqand viloyatida yashovchi fuqaro G‘.A.ga har bir tonnasini 510 ming so‘mdan sotayotgan vaqtida ushlangan.

Yoki, «Navoiy ko‘mir yetkazuvchi» filiali mansabdor shaxslari jami 71,7 mln. so‘mlik 174 tonna tayyor ko‘mir briketini o‘zlashtirish yo‘li bilan «gumdon» qilganlari aniqlangan. «O‘zbekko‘mir» AJning «Farg‘ona ko‘mir yetkazuvchi» filiali Oltiariq tuman ombori xodimi I.I. budjet tashkilotlariga tarqatish uchun ajratilgan 345 tonna ko‘mirni 100 mln. so‘mga noqonuniy ravishda sotganligi ham fosh bo‘ldi. Shunga o‘xshash misollar, afsuski, uchrab turibdi...

6

Fursatdan foydalanib, aholiga murojaat qilsak.

Yuqorida aytilganidek, kuz-qish mavsumi uchun aholiga yetkazib berilishi lozim bo‘lgan ko‘mir mahsulotlari «O‘zbekko‘mir» AJ ning 91 ta hududiy omborlarga yetkazib berilgan. Ko‘mirning 1 tonnasi 300.300 so‘m, ko‘mir briketiniki esa 412.500 so‘m! Agarda ushbu omborlarda qayd etilgan narxdan qimmatiga sotish, tamagirlik holatlari, shuningdek, suyultirilgan gaz yetkazib berilishi va narxi bilan bog‘liq muammo yuzaga kelsa, joylardagi idoralararo tezkor shtablarning «Ishonch telefoni»ga murojaat qiling.

Bu sizga ham, bizga ham yaxshi. Siz qonunsizlik haqida xabar berib, o‘z vaqtida uning oldini olish va aybdorlarga tegishli chora ko‘rilishiga sababchi bo‘lasiz.

«Ishonch telefonlari» raqamlari quyida keltirilmoqda.

Idoralararo tezkor shtab «Ishonch telefon» raqamlari:

     

1

Markaziy shtab

71-233-10-07

2

Qoraqalpog‘iston Res.

61-223-10-07

3

Andijon viloyati

74-234-40-90

4

Buxoro viloyati

65-221-58-26

5

Jizzax viloyati

72-222-82-80

6

Qashqadaryo viloyati

75-226-08-89

7

Navoiy viloyati

79-225-27-29

8

Namangan viloyati

69-234-40-36

9

Samarqand viloyati

66-237-80-00

10

Surxondaryo viloyati

76-224-06-82

11

Sirdaryo viloyati

67-225-17-56

12

Toshkent viloyati

71-250-82-04

13

Farg‘ona viloyati

73-226-48-81

14

Xorazm viloyati

62-228-50-16, 62-228-50-20

Izohlar 0

Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting

Kirish

Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring