Xabarlar tezkor Telegram kanalimizda Obuna bo'lish ×

Qashqadaryolik 21 yoshli yigit 7 yilga ozodlikdan mahrum bo‘ldi

Qashqadaryolik 21 yoshli yigit 7 yilga ozodlikdan mahrum bo‘ldi

Qashqadaryo viloyatining Qamashi tumanida yashovchi, 21 yoshli fuqaro 2018-2023 yillar davomida ijtimoiy tarmoqlar orqali xalqaro terroristik tashkilotlar g‘oyaviy rahnamolarining «hijrat» va «jihod»ga chorlovchi audio-video ma’ruzalarini tinglab, tomosha qilgan.

DXX xabariga ko‘ra, u «Telegram» messendjerida 11 ta kanal ochib, ekstremistik mazmundagi g‘oyalarni targ‘ib qilish bilan ham shug‘ullangan. Hatto unda Suriyaga borib, «jihod» qilish istagi paydo bo‘lgan va ayni shu maqsadda ijtimoiy tarmoqlar orqali o‘zgalardan kerakli maslahatlarni olgan.

Davlat xavfsizlik xizmati xodimlari tomonidan uning Suriya davlatiga ketishi oldi olingan hamda unga nisbatan jinoyat ishi qo‘zg‘atilgan.

Jinoyat ishlari bo‘yicha Qamashi tuman sudi hukmiga ko‘ra, mazkur shaxs Jinoyat Kodeksining 244 prim 1-moddasi 3-qismi «g» bandida nazarda tutilgan jinoyatni sodir etganlikda aybli deb topilib, unga nisbatan 7 yil muddatga ozodlikdan mahrum qilish jazosi tayinlandi.

Izohlar 0

Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting

Kirish

Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring