Xabarlar tezkor Telegram kanalimizda Obuna bo'lish ×

«Pichoq voqeasi»ni uyushtirgan Milliy gvardiya xodimi xizmatdan haydaladi (video)

«Pichoq voqeasi»ni uyushtirgan Milliy gvardiya xodimi xizmatdan haydaladi (video)

Internet saytlar va ijtimoiy tarmoqlarda Milliy gvardiya hamda ichki ishlar organlari xodimlari tomonidan o‘tkazilgan tekshiruv tasvirlangan video tarqaldi, deb xabar berdi «O‘zA».

Unda Farg‘ona viloyati Qo‘qon shahridagi ko‘ngilochar joylardan birida o‘tkazilgan tekshiruvda Milliy gvardiya xodimi binoning karaoke xonasiga kirib, yostiq ostiga pichoq qo‘yib xonadan chiqib ketgani, keyin xonaga boshqa xizmat vakillari bilan kirib tekshiruv o‘tkazilgani va pichoq «fosh» etilgani aks etgan.

Ushbu holat bo‘yicha Milliy gvardiya matbuot xizmati rahbari Davron Jumanazarovning qayd etishicha, bu holat haqiqatda Farg‘ona viloyati Qo‘qon shahrida sodir bo‘lgan. Mazkur voqea bo‘yicha Milliy gvardiya rahbariyati o‘sha vaqtning o‘zidayoq xabardor qilingan.

Ayni vaqtda mazkur holat yuzasidan xizmat tekshiruvi olib borilmoqda. Mazkur harbiy xizmatchi F.Sh.ga nisbatan albatta tegishli jazo chorasi ko‘riladi va Milliy gvardiya safidan chetlashtiriladi.

Har qanday salbiy xatti-harakatlar sodir etgan harbiy xizmatchilarga Milliy gvardiya Qo‘mondonligi tomonidan qattiq choralar ko‘riladi.


Ushbu holat bir savolni yuzaga keltiradi: Bu safar karaoke xonasiga o‘rnatilgan kamera tadbirkorni huquqni muhofaza qilish organi xodimining nayrangidan qutqarib qoldi. Agar videokamera bo‘lmaganida nima bo‘lardi?

Izohlar 0

Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting

Kirish

Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring