Xabarlar tezkor Telegram kanalimizda Obuna bo'lish ×

«O‘rikzor»da «Malibu»dan katta miqdorda pul o‘g‘irlagan shaxs ushlandi

«O‘rikzor»da «Malibu»dan katta miqdorda pul o‘g‘irlagan shaxs ushlandi

Foto: korupciya.com

Toshkent shahrining Uchtepa tumanida shu yil 18-sentyabr kuni noma’lum shaxs «O‘rikzor» bozori oldida qarovsiz qoldirilgan Sh.O‘. ismli ayolga tegishli «Malibu» rusumli avtomashinaning orqa eshigi oynasini sindiradi. Shu yo‘l bilan eshikni ochib, salonidagi sumka ichidan 4 mln. so‘m pul va 6 800 AQSh dollarini o‘g‘irlab ketadi.

O‘zbekiston Respublikasi IIV matbuot xizmati xabar berishicha, holat yuzasidan jinoyat ishi qo‘zg‘atilgan edi. Ko‘rilgan choralar natijasida ushbu jinoyatni Toshkent viloyatining Zangiota tumanida yashovchi T.A. sodir etganligi aniqlanib ushlandi.

Izohlar 0

Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting

Kirish

Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring