Android qurilmalar uchun Xabar.uz mobil ilovasi. Yuklab olish ×
IOS qurilmalar uchun Xabar.uz mobil ilovasi. Yuklab olish ×

Metro qurilishidagi fojia bo‘yicha jinoyat ishi qo‘zg‘atildi — Bosh prokuratura

Metro qurilishidagi fojia bo‘yicha jinoyat ishi qo‘zg‘atildi — Bosh prokuratura

Foto: Ijtimoiy tarmoqlar

Toshkent metropoliteni Yunusobod yo‘lining yangi qurilayotgan qismida yuz bergan o‘pirilish fojiaga olib kelganidan xabaringiz bor. Voqea joyida olib borilgan tezkor qidiruv-qutqaruv ishlari natijasida kecha va bugun 6 nafar fuqaroning jasadi tuproq ostidan olib chiqildi va ularning shaxsiga aniqlik kiritildi.

Bosh prokuratura matbuot xizmatining «Xabar.uz»ga ma’lum qilishicha, poytaxt prokuraturasi tomonidan holat yuzasidan Jinoyat kodeksining  257-moddasi (Mehnatni muhofaza qilish qoidalarini buzish) 2-qismi «a» bandi va 258-moddasi  (Tog‘-kon, qurilish yoki portlatish ishlari xavfsizligi qoidalarini buzish) 2-qismi «a» bandi  bilan jinoyat ishi qo‘zg‘atildi.

Tegishli protsessual harakatlar olib borilmoqda.

Izohlar 0

Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting

Kirish

Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring