Android qurilmalar uchun Xabar.uz mobil ilovasi. Yuklab olish ×
IOS qurilmalar uchun Xabar.uz mobil ilovasi. Yuklab olish ×

«Ma’muriy javobgarlik to‘g‘risidagi kodeks»ga o‘zgartirishlar kiritildi

«Ma’muriy javobgarlik to‘g‘risidagi kodeks»ga o‘zgartirishlar kiritildi

Qonun (O‘RQ–810, 16.12.2022-y.) bilan «O‘zbekiston Respublikasining Ma’muriy javobgarlik to‘g‘risidagi kodeksi»ga o‘zgartish va qo‘shimchalar kiritildi.

Qonun bilan Ma’muriy sud ishlarini yuritish to‘g‘risidagi kodeksning muayyan yashash joyiga ega bo‘lmagan shaxslarni reabilitatsiya markaziga joylashtirish to‘g‘risidagi iltimosnomalarni ko‘rib chiqishga doir normalarini Ma’muriy javobgarlik to‘g‘risidagi kodeksga o‘tkazish hamda tegishli ishlarni ko‘rib chiqishni ma’muriy sudlardan jinoyat ishlari bo‘yicha tuman, shahar sudlariga o‘tkazish belgilandi.

Unga ko‘ra, Ma’muriy javobgarlik to‘g‘risidagi kodeksga muayyan yashash joyiga ega bo‘lmagan shaxsni reabilitatsiya markaziga joylashtirish to‘g‘risida ish yuritish tartibi kiritildi.

Muayyan yashash joyiga ega bo‘lmagan shaxsning reabilitatsiya markaziga joylashtirilishini talab qiluvchi asoslar aniqlanganda, ichki ishlar organi bunday shaxs ichki ishlar organiga keltirilgandan e’tiboran 48 soatda uni reabilitatsiya markaziga 30 sutkadan ko‘p bo‘lmagan muddatga joylashtirish to‘g‘risida sudga iltimosnoma yuborish uchun materiallarni tayyorlashi shart.

Muayyan yashash joyiga ega bo‘lmagan shaxsni reabilitatsiya markaziga joylashtirish to‘g‘risidagi materiallar bunday shaxs aniqlangan yerdagi yoki reabilitatsiya markazi joylashgan yerdagi jinoyat ishlari bo‘yicha tuman (shahar) sudiga ichki ishlar organi tomonidan beriladi.

Iltimosnoma taqdim etilgan paytdan e’tiboran 24 soat ichida sudya tomonidan yopiq sud majlisida yakka tartibda ko‘rib chiqiladi.

Qonun rasmiy e’lon qilingan kundan e’tiboran kuchga kiradi.

Izohlar 0

Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting

Kirish

Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring