Xabarlar tezkor Telegram kanalimizda Obuna bo'lish ×

«Mahmud Abdulmo‘min» ta’siriga tushgan shaxs 10 yilga qamaldi

«Mahmud Abdulmo‘min» ta’siriga tushgan shaxs 10 yilga qamaldi

Foto: IIV matbuot xizmati

Internetda «Hizb ut-Tahrir» tashkiloti materiallarini tarqatgan tashkilot tarafdori 10 yilga qamaldi.

IIV matbuot xizmatining xabar qilishicha, joriy yilning fevral oyida huquqni muhofaza qilish idoralari tomonidan amalga oshirilgan tezkor tadbirlar natijasida Qo‘qonda yashagan O‘zbekistonda faoliyati taqiqlangan «Hizb ut-Tahrir» diniy-ekstremistik tashkiloti tarafdori 1979 yilda Farg‘ona viloyatida tug‘ilgan A.M.ning jinoiy faoliyatiga chek qo‘yilgan edi.

Tergov jarayonida ma’lum bo‘lishicha, A.M. muqaddam «Hizb ut-Tahrir» safida faoliyat olib borganligi uchun 2000-2004 va 2007-2013 yillarda jazo muddatini o‘tab chiqqan.

Biroq, u o‘ziga tegishli xulosa chiqarmay jinoiy faoliyatini tiklab, Internetning Facebook ijtimoiy tarmog‘idagi «Azam Shodmonov» nomli profili orqali ekstremistik g‘oyalarni targ‘ib qilib, virtual do‘stlariga «Hizb ut-Tahrir» DETning audio-video materiallarini tarqatib kelgan.

A.M.ning jinoiy harakatlari ayni paytda, Polshada yashirinib kelayotgan «Hizb ut-Tahrir» DETning g‘oyaviy yetakchilaridan biri bo‘lgan, O‘zbekistondagi va xorijdagi o‘zbekistonliklarni radikallashuviga hamda jinoyatchiga aylanib qolishlariga sababchi bo‘layotgan «Mahmud Abdulmo‘min» taxallusli 1980 yilda Qirg‘iziston Respublikasida tug‘ilgan, mazkur davlat fuqarosi va sodir etgan jinoyatlari uchun xalqaro qidiruvda bo‘lgan Xoldarov Maxmudjon Abdumalikovich tomonidan boshqarilgan.

Joriy yilning iyul oyida A.M. ning jinoiy qilmishlari Jinoyat ishlari bo‘yicha Farg‘ona viloyat sudi tomonidan ko‘rib chiqilib, u 10 yil muddatga ozodlikdan mahrum qilish jazosiga hukm qilindi.

Eslatib o‘tamiz, avvalroq xalqaro qidiruvdagi jinoyatchining «yo‘rig‘ida yurgan» sinfdoshlar, shuningdek, Toshkentda biznes vakillari qo‘lga olingandi.

Izohlar 0

Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting

Kirish

Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring