Xabarlar tezkor Telegram kanalimizda Obuna bo'lish ×

Kommunal to‘lovlar bo‘yicha kimlarga imtiyozlar berilishini bilasizmi?

Kommunal to‘lovlar bo‘yicha kimlarga imtiyozlar berilishini bilasizmi?

Adliya vazirligining «Huquqiy axborot» kanali kommunal to‘lovlar bo‘yicha imtiyozlar kimlarga berilishini eslatdi.

2003-yilning 27-martda qabul qilingan Prezident farmoniga asosan 2003-yilning 1-aprelidan boshlab uy-joy-kommunal xizmatlar haqini to‘lash bo‘yicha qonunchilik asosida beriladigan imtiyozlar o‘rniga eng kam ish haqi hisobidan tabaqalashtirilgan miqdorlarda oylik kompensatsiya pul to‘lovlari joriy etilgan.

Unga ko‘ra, uy-joy-kommunal xizmatlar haqini to‘lash bo‘yicha kompensatsiya pul to‘lovlarining mexanizmi to‘g‘risidagi nizomga asosan kompensatsiya to‘lovlari quyidagilarga beriladi:

— 1941 — 1945-yillardagi urush nogironlari va qatnashchilariga tenglashtirilgan shaxslar;

— o‘zgalar parvarishiga muhtoj yolg‘iz pensionerlar;

— Sovet Ittifoqi Qahramonlari, Sotsialistik Mehnat Qahramonlari va «Slava» ordenining uchala darajasi bilan mukofotlangan shaxslar;

— fashist konslagerlarining sobiq voyaga yetmagan mahbuslari;

— Leningrad shahri qamali davrida ishlagan fuqarolar;

— ko‘rish qobiliyati bo‘yicha I guruh nogironlari;

— Chernobil halokati oqibatida jabrlangan fuqarolar;

— yadro poligonlari va boshqa radiatsiya-yadro ob’yektlarida harbiy xizmatni o‘tagan pensiya yoshidagi shaxslar.

Izohlar 0

Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting

Kirish

Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring