Android qurilmalar uchun Xabar.uz mobil ilovasi. Yuklab olish ×
IOS qurilmalar uchun Xabar.uz mobil ilovasi. Yuklab olish ×

«Kaptiva»ni jarima maydonchasidan chiqarib berish evaziga 2 million taklif qilgan shaxs qo‘lga olindi

«Kaptiva»ni jarima maydonchasidan chiqarib berish evaziga 2 million taklif qilgan shaxs qo‘lga olindi

Foto: «Autonoto.cz»

2020-yil 24-sentyabr kuni Samarqand viloyatining Oqdaryo tumanidan o‘tuvchi M-37 yo‘lining 6 km.da xizmat olib borayotgan YPX inspektori «Samarqand-Toshkent» yo‘nalishi bo‘ylab harakatlanib kelayotgan «Kaptiva» rusumli avtotransport vositasini to‘xtatgan. Tekshirish vaqtida Toshkent shahrida yashovchi M. avtotransport vositasini ishonchnomasiz boshqarib kelayotganligi aniqlangan. Unga nisbatan ma’muriy bayonnoma rasmiylashtirilgan va transport vositasini vaqtincha saqlash uchun jarima maydonchasiga joylashtirilgan.

Shu vaqtda 34 yoshli haydovchi YPX inspektoriga avtotransport vositasini jarima maydonchasidan chiqarib berish evaziga pora tariqasida 2 million so‘m miqdorida pul taklif qilgan. Bu haqda Samarqand viloyati IIB Axborot xizmati xabar bergan.

YPX inspektori haydovchiga pora berish jinoyat ekanligini tushuntirishiga qaramay, haydovchi unga pora taklif qilishda davom etgan.

Shu kuni IIV O‘z xavfsizligi boshqarmasi Samarqand viloyati bo‘yicha bo‘limi hamda Oqdaryo tumani prokuraturasi xodimlari ishtirokida tezkor tadbir o‘tkazilib, fuqaro M. avtoturargoh qorovulxonasida YPX inspektoriga 2 million so‘m miqdordagi pullarni pora tariqasida bergan vaqtida daliliy ashyolar bilan ushlangan.

Hozirda holat yuzasidan tergovga qadar tekshiruv harakatlari olib borilmoqda.

Izohlar 0

Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting

Kirish

Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring