Android qurilmalar uchun Xabar.uz mobil ilovasi. Yuklab olish ×
IOS qurilmalar uchun Xabar.uz mobil ilovasi. Yuklab olish ×

Jurnalist S.Yusupov qanday asoslarga ko‘ra ozodlikka chiqarilgani ochiqlandi

Jurnalist S.Yusupov qanday asoslarga ko‘ra ozodlikka chiqarilgani ochiqlandi

Foto: «Xabar.uz»

O‘tgan yili O‘zbekiston mustaqil bosma ommaviy axborot vositalari va axborot agentliklarini qo‘llab-quvvatlash va rivojlantirish jamoat fondi direktori, jurnalist Said-Abdulaziz Yusupovning hibsga olinishi katta shov-shuvlarga sabab bo‘lgandi.

Firibgarlikda ayblangan S.Yusupov dastlabki tergov jarayonida qiynoqqa solinganiga oid xabarlar rasman inkor etilganidan bir necha oy o‘tib, sud jarayoni boshlandi. Biroq sud yopiq o‘tgani bois uning natijasi ommaga e’lon qilinmadi hisob.

Yaqinda S.Yusupov qamoqdan ozod qilingani haqida xabarlar tarqaldi. Kuni kecha AOKAda bo‘lib o‘tgan tadbirda Oliy sud raisi o‘rinbosari Ikrom Muslimov ayni mazmundagi xabarlarni tasdiqlar ekan, u oqlangani uchun emas, balki sodir etgan jinoyati oqibatida yetkazilgan zararlarni qoplagani bois ozodlikka chiqarilganini bildirdi.

Eslatib o‘tamiz, S.Yusupov o‘tgan yilning may oyida hibsga olinganidan sanoqli kunlar o‘tib, uning avvalroq tasvirga olingan bayonoti ijtimoiy tarmoqda tarqalgan, unda jurnalist qamoqqa olinishi yoki boshqa ko‘ngilsizlarga duch kelishi ehtimoli yuqoriligini bildirgan edi.

Izohlar 0

Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting

Kirish

Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring