Android qurilmalar uchun Xabar.uz mobil ilovasi. Yuklab olish ×
IOS qurilmalar uchun Xabar.uz mobil ilovasi. Yuklab olish ×

Jiyanini qutqaraman deb o‘zi jinoyatchiga aylandi

Jiyanini qutqaraman deb o‘zi jinoyatchiga aylandi

Foto: «Sxabar.uz»

B.Biyturayev Boyovut tuman IIB tergov bo‘linmasi boshlig‘i Q. Tursunmurodovning ish yurituvidagi jinoyat ishi bo‘yicha jiyani B.Saydullayevga nisbatan «qamoqqa olish» tarzidagi ehtiyot chorasi qo‘llanganligini bila turib, Q.Tursunmurodovning oldiga kelib, jiyani B.Saydullayevga nisbatan yengillik qilishni, buning evaziga Q.Tursunmurodovga moddiy qimmatliklar berish, ya’ni «xizmat» qilishini ma’lum qilib, 1000 AQSh dollarini berishini aytadi.

Tergovchi Q.Tursunmurodov bu borada rahbariyatiga ma’lum qilib, uning bildirgisiga asosan 2021-yil 18-may kuni o‘tkazilgan tezkor tadbirda B.Biyturayev Q.Tursunmurodovga jiyani B.Saydullayevga nisbatan sudga oid psixiatriya ekspertizasi tayinlash orqali, uni ruhiy nosog‘lom deb topish va jazodan ozod qilishda yordam berish evaziga 1000 AQSh dollarini pora tariqasida taklif qilib, ushbu pul mablag‘larini Q.Tursunmurodovning avtomashinasiga solib qo‘ygan vaqtida ashyoviy dalillar bilan ushlangan.

Sud, mazkur jinoyat ishini mazmunan ko‘rib chiqib, B.Biyturayevga O‘zbekiston Respublikasi JKning 211-moddasi 1-qismi bilan soat 22:00dan soat 06:00ga qadar yashash xonadonini tark etishi cheklangan holda 3 yil ozodlikni cheklash jazosi tayinlab, ashyoviy dalil – 1000 AQSh dollarini davlat foydasiga o‘tkazdi.

Izohlar 0

Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting

Kirish

Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring