Xabarlar tezkor Telegram kanalimizda Obuna bo'lish ×

Jinoyat kodeksidan tuhmat va haqorat qilganlik uchun ozodlikdan mahrum qilish jazosi olib tashlanmoqda

Jinoyat kodeksidan tuhmat va haqorat qilganlik uchun ozodlikdan mahrum qilish jazosi olib tashlanmoqda

Foto: RBC/TASS

Bugun Qonunchlik palatasi majlisida Jinoyat kodeksi va Ma’muriy javobgarlik to‘g‘risidagi kodekslariga o‘zgartirish va qo‘shimchalar kiritish bo‘yicha qonun loyihasi ko‘rib chiqildi. Bu haqda deputat Rasul Kusherbayev xabar bermoqda.

Qonun loyihasiga ko‘ra, Jinoyat kodeksidan tuhmat va haqorat qilganlik uchun mavjud bo‘lgan ozodlikdan mahrum qilish jazosi bekor qilinib, o‘rniga jarima yoki majburiy jamoat ishi jazosi qo‘shilmoqda.

Shuningdek, qonun loyihasi bilan Ma’muriy javobgarlik to‘g‘risidagi kodeksga va Jinoyat kodeksiga yolg‘on axborot tarqatganlik uchun javobgarlik belgilanmoqda. Pornografik mahsulotlarni tarqatish va shavqatsizlikni targ‘ib qilganlik uchun ham jarima miqdorlari oshirilmoqda.

Qayd etilishicha, qonun loyihasi deputatlar tashabbusi bilan kiritilgan.

Qonun loyihasi Senatga yuborilgan.

Eslatib o‘tamiz, avvalroq Milliy mass-media fondi tuhmat va haqorat uchun jinoiy javobgarlikni yengillashtirish bo‘yicha takliflar bilan chiqqandi.

Axborot va ommaviy kommunikatsiyalar agentligi esa tegishli qonun loyihasini taqdim etgandi.

 

Izohlar 0

Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting

Kirish

Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring