Xabarlar tezkor Telegram kanalimizda Obuna bo'lish ×

«Ikki yilda 3 nafar rektor, 5 prorektor, 15 nafar dekan jinoiy javobgarlikka tortildi» — Bosh prokuror

«Ikki yilda 3 nafar rektor, 5 prorektor, 15 nafar dekan jinoiy javobgarlikka tortildi» — Bosh prokuror

Foto: Bosh prokuratura matbuot xizmati

18-yanvar kuni Bosh prokuror N.Yo‘ldoshev raisligida Korrupsiyaga qarshi kurashish bo‘yicha respublika Idoralararo komissiyasining kengaytirilgan yig‘ilishi bo‘lib o‘tdi. Unda unda oliy ta’lim sohasida korrupsiyaga qarshi kurashish ahvoli va qonuniylikni ta’minlashga doir masalalar muhokama qilindi. Bu haqda «Xabar.uz»ga Bosh prokuratura matbuot xizmati ma’lum qildi.

Videoselektor shaklida o‘tkazilgan yig‘ilishda respublika rahbarlik idoralari mutasaddilari, parlamentning har ikki palatasi vakillari, Oliy va o‘rta maxsus ta’lim vazirligi, tasarrufida oliy ta’lim muassasasi bo‘lgan vazirlik va idoralar rahbarlari, oliy o‘quv yurtlari rektorlari, Bosh prokuratura mas’ul xodimlari ishtirok etdi.

Tanqidiy ruhda o‘tgan yig‘ilishda so‘nggi ikki yilda Oliy va o‘rta maxsus ta’lim vazirligi tizimidan necha nafar shaxs jinoiy javobgarlikka tortilgani og‘riq bilan ochiqlandi.

Bosh prokurorga ko‘ra, keyingi ikki yilda tizimdagi 326 nafar xodim ta’lim jarayoni bilan bog‘liq jinoyatlari uchun javobgarlikka tortilgan, ularning 220 nafari kollej va litseylarga, 106 nafari oliy o‘quv yurtlariga to‘g‘ri keladi.

Institut va universitetlarning jinoyat sodir etgan xodimlaridan 3 nafarini rektorlar, 5 nafarini prorektorlar, 15 nafarini dekan va dekan o‘rinbosarlari, 62 nafarini o‘qituvchilar tashkil etadi. Kollej va litseylarda esa, 34 nafar direktor, 31 nafar direktor o‘rinbosari, 94 nafar o‘qituvchi jinoyatga qo‘l urgan.

Alohida ta’kidlandiki, talabalik safiga qabul qilish jarayonlarini takomillashtirish zarur. Zero, sodir etilgan jinoyatlarning aksariyat «o‘qishga kiritish» bilan bog‘liq qilmishlardir. Ayni vaj bilan 115 nafar, jumladan, 58 nafar oliy va 57 nafar o‘rta maxsus ta’lim xodimlari jinoiy javobgarlikka tortilgan.

Izohlar 0

Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting

Kirish

Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring