Android qurilmalar uchun Xabar.uz mobil ilovasi. Yuklab olish ×
IOS qurilmalar uchun Xabar.uz mobil ilovasi. Yuklab olish ×

Hokim o‘rinbosari pora bilan qo‘lga tushdi

Hokim o‘rinbosari pora bilan qo‘lga tushdi

Foto: «Xabar.uz»

Shahrisabz tumani hokimining qishloq va suv xo‘jaligi masalalari bo‘yicha o‘rinbosari kecha,  29-oktyabr kuni xizmat xonasida hokimlik mutaxassisidan 100 dollar olgan vaqtida ashyoviy dallilar bilan ushlangan. Bu haqda Bosh prokuratura matbuot xizmati boshlig‘i xabar bermoqda.

Qayd etilishicha, 2019-yil 29-oktyabr kuni Qashqadaryo viloyati, Shahrisabz tumani hokimiyati qishloq xo‘jaligi masalalari bo‘yicha mutaxassisi B.A. (1982 y.t.) fuqaro S.M.dan (1965-y.t.) F.I. nomiga issiqxona qurish uchun yer maydonini dehqon xo‘jaligi shaklida egalik qilish huquqini beradigan tuman hokimining qarorini chiqartirib berish evaziga 100 AQSh dollarini olgan vaqtida ashyoviy dallillar bilan ushlangan.

Shundan so‘ng, tadbir davom ettirilib, shu kuni tuman hokimining qishloq va suv xo‘jaligi masalalari bo‘yicha o‘rinbosari M.S. (1966-y.t.) xizmat xonasida mutaxassis B.A.dan 100 AQSh dollarini pora tariqasida olgan vaqtida ashyoviy dallilar bilan qo‘lga olingan.

Mazkur holat yuzasidan Departamentning Shahrisabz tumani bo‘limi tomonidan JKning 210 va 212-moddalari bilan jinoyat ishi qo‘zg‘atilgan. 

B.A. hamda M.S. protsessual tartibda ushlangan. 

Tergov harakatlari olib borilmoqda.

Izohlar 0

Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting

Kirish

Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring