Android qurilmalar uchun Xabar.uz mobil ilovasi. Yuklab olish ×
IOS qurilmalar uchun Xabar.uz mobil ilovasi. Yuklab olish ×

Hazoraspda fuqaroni 24.000 AQSh dollariga «uxlatmoqchi» bo‘lganlar qo‘lga olindi

Hazoraspda fuqaroni 24.000 AQSh dollariga «uxlatmoqchi» bo‘lganlar qo‘lga olindi

Foto: «News.yandex.ru»

Xorazmning Hazorasp tumanida fuqaro Sh.N.ni 24.000 AQSh dollariga «uxlatmoqchi» bo‘lgan ikki nafar shaxs qo‘lga olindi. Bu haqda «Xabar.uz»ga Bosh prokuratura matbuot xizmati ma’lum qildi.

Unga ko‘ra, fuqarolar J.I. va U.A.lar oldindan til biriktirib, fuqaro Sh.N.ni «G.T.» MChJ balansidagi yer maydonida savdo do‘konlari qurilishi haqidagi yolg‘on ma’lumotlar bilan aldab, 2 ta do‘kon qurish uchun yer ajratib berish evaziga 24.000 AQSh dollari so‘raydi. Biroq ularning emas, aksincha, ular firibgarligini fosh etishga qaratilgan Departament «operatsiya»si o‘xshaydi. Ya’nikim, shovvozlar talab qilgan pulni olayotganda daliliy ashyolar bilan ushlanadi.

Ayni paytda firibgarlik alomatlari bilan jinoyat ishi qo‘zg‘atilgan. Tergov harakatlari o‘tkazilmoqda.

Izohlar 0

Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting

Kirish

Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring