Xabarlar tezkor Telegram kanalimizda Obuna bo'lish ×

Farg‘onada katta miqdorda pirotexnika hamda psixotrop moddalar aniqlandi

Farg‘onada katta miqdorda pirotexnika hamda psixotrop moddalar aniqlandi

Foto: patrul.kz

Bosh prokuratura huzuridagi Departamentning Farg‘ona viloyat boshqarmasi tomonidan DXX va IIB xodimlari bilan hamkorlikda Qo‘qon shahar, S.Abdulla MFY hududida o‘tkazilgan tezkor tadbirda, fuqaro Q.P.ga tegishli avtomashinalarida Xitoy davlatida ishlab chiqarilgan 6240 quti (55,3 mln. so‘mlik) «Britanik» nomli pirotexnika vositalari mavjudligi, ushbu pirotexnika vositalarini yangi yil bayrami arafasida qayta sotish maqsadida olib kelinganligi aniqlangan.

Shuningdek, tadbir jarayonida Q.P.ning onasiga tegishli, tarkibida psixotrop moddalar bo‘lgan 7680 dona «Tramadol Lannaxer» dori vositalari ham mavjudligi aniqlanib, ular ashyoviy dalil sifatida olingan.

Mazkur holatlar yuzasidan Jinoyat kodeksining tegishli moddalari bilan jinoyat ishi qo‘zg‘atilib, tergov harakatlari o‘tkazilmoqda.

Izohlar 0

Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting

Kirish

Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring