Xabarlar tezkor Telegram kanalimizda Obuna bo'lish ×

DXX yana bir jinoyatga chek qo‘ydi

DXX yana bir jinoyatga chek qo‘ydi

Foto: «Terraoko.com»

Hazorasp tumanida zahiradagi yer maydonini olib berishni va’da qilib 4000 dollar talab qilgan firibgarlar qo‘lga olindi.

Shu yilning 18-avgust kuni DXX Xorazm viloyati bo‘yicha boshqarmasi va IJQK Departamenti Hazorasp tumani bo‘limi xodimlari tomonidan o‘tkazilgan tezkor qo‘lga olish tadbiri natijasida yana bir jinoyatga chek qo‘yildi.

1956-yilda Hazorasp tumanida tug‘ilgan, Hazorasp tumani «Aloqali ko‘l» mahallasida istiqomat qiluvchi, nafaqada, X.A.N. tumanning «Uzukka qosh» mahallasida yashovchi shaxsga «Aloqali ko‘l» mahallasi hududidan tuman hokimligi zahirasidagi yer maydonidan 800 m.kv. qismini yakka tartibda uy-joy qurish uchun tuman «Arxitektura va qurilish» bo‘limi rahbar-xodimlari orqali 4000 AQSh dollariga olib berishni va’da qilgan. O‘tkazilgan tezkor tadbir natijasida, X.A.N. yuqorida o‘zaro kelishuvda ko‘rsatilgan 4000 AQSh dollarini olish vaqtida jinoyat ustida qo‘lga olindi. Shundan so‘ng tadbir davom ettirilib, X.A.N.ning pushaymonlik arizasiga asosan, ushbu pullarni u Hazorasp tumani «Arxitektura va qurilish» bo‘limi katta mutaxassisi, 1983 y.t. Hazorasp tumanida yashovchi I.Sh.Sh.ga olib borgan vaqtida I.Sh.Sh. ham jinoyat ustida qo‘lga olindi.

Hozirda IJQK Departamenti Hazorasp tuman bo‘limi tomonidan X.A.N. va I.Sh.Sh.larga nisbatan O‘zbekiston Respublikasi JKning 168, 211-moddalari bilan jinoyat ishi qo‘zg‘atildi.

Izohlar 0

Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting

Kirish

Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring