Xabarlar tezkor Telegram kanalimizda Obuna bo'lish ×

DXX va Departament bir qancha shaxslarni ushladi

DXX va Departament bir qancha shaxslarni ushladi

Bosh prokuratura huzuridagi Departament hamda DXXning Jizzax viloyati boshqarmalari tomonidan o‘tkazilgan tezkor tadbirda fuqaro T.D. o‘zgalar ishonchiga kirib, noqonuniy boylik orttirish maqsadida fuqaro N.ga mehmonxona va umumiy ovqatlanish shahobchasi qurish uchun Oqdaryo tumani hududidan 3 gektar yer maydonini tanishlari ko‘magida auksion savdosi orqali olib berish evaziga 6 000 AQSh dollarini olgan vaqtida ashyoviy dalillar bilan ushlangan.

Xuddi shunday, Departamentning Kosonsoy tuman bo‘limi tomonidan o‘tkazilgan tezkor tadbirda fuqaro A.Q. fuqaro Q.ga 1 gektar yer maydonini 18 000 AQSh dollariga tanishlari orqali rasmiylashtirib olib berishga kelishib, shundan 5 000 AQSh dollari va 43 mln so‘mni olgan vaqtida ashyoviy dalillar bilan ushlangan.

Mazkur holatlar yuzasidan Jinoyat kodeksining 168-moddasi (firibgarlik) va 28, 211-moddasi (pora berish) bilan jinoyat ishlari qo‘zg‘atilib, tergov harakatlari o‘tkazilmoqda.

Izohlar 0

Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting

Kirish

Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring