Android qurilmalar uchun Xabar.uz mobil ilovasi. Yuklab olish ×
IOS qurilmalar uchun Xabar.uz mobil ilovasi. Yuklab olish ×

Direktor 30 ming AQSh dollari olgan vaqtda qo‘lga tushdi

Direktor 30 ming AQSh dollari olgan vaqtda qo‘lga tushdi

Davlat xavfsizlik xizmatining Qashqadaryo viloyati bo‘yicha boshqarmasi xodimlari tomonidan IJQKD bilan hamkorlikda o‘tkazilgan tezkor tadbirda, viloyat tumanlaridan biridagi «Barkamol avlod» bolalar maktabi direktori o‘zining yuqori lavozimda ishlovchi tanishlari orqali, Qarshi tumanidagi maktab direktorining o‘rinbosarini Yakkabog‘ tuman Maktabgacha va maktab ta’limi bo‘limi boshlig‘i lavozimiga tayinlanishida yordam berish evaziga 55 ming AQSh dollari talab qilib, oldindan 30 ming AQSh dollari olgan vaqtida ushlandi.

Hozirda unga nisbatan Jinoyat Kodeksining 168-moddasi (firibgarlik) va 28,211-moddasi (pora berish) bilan jinoyat ishi qo‘zg‘atilib, tergov harakatlari olib borilmoqda.

Izohlar 0

Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting

Kirish

Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring