Android qurilmalar uchun Xabar.uz mobil ilovasi. Yuklab olish ×
IOS qurilmalar uchun Xabar.uz mobil ilovasi. Yuklab olish ×

Buxoroda traktor tirkamasi zovurga ag‘darildi. Ikki ayol vafot etgan

Buxoroda traktor tirkamasi zovurga ag‘darildi. Ikki ayol vafot etgan

Buxoroda traktor tirkamasi dala yo‘lida zovurga ag‘darilib ketdi. O‘zbekiston Respublikasi IIV YHXBB Axborot xizmati tomonidan ma’lum qilinishicha, fojea oqibatida ikki ayol vafot etgan va yana biri tan jarohati olgan.

Joriy yilning 12 may kuni soat 13:10 larda Buxoro viloyati, Romitan tumani, Qumrabot MFY, Saroy qishlog‘ida 1975 y.t. O.I. «MTZ-80» rusumli traktori bilan «Normurod Niyoz» fermer xo‘jaligi dala hududida, transport vositalari harakati uchun mo‘ljallanmagan cho‘l hududidan harakatlanib ketayotgan vaqtda, yomg‘ir yog‘ib, hudud loy bo‘lganligi sababli, traktor tirkamasi sirpanib, zovurga ag‘darilgan.

Natijada, tirkama ustida bo‘lgan fuqarolar 1987 y.t. Sh.P. (ayol) va 1986 y.t. O.I. (ayol) voqea joyida vafot etishib, 1982 y.t. F.J. (ayol) tan jarohati olib shifoxonaga yotqizilgan.

Mazkur holat yuzasidan Buxoro viloyat IIB huzuridagi tergov boshqarmasi tomonidan tergovga qadar tekshiruv harakatlari olib borilmoqda.

Izohlar 0

Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting

Kirish

Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring