Android qurilmalar uchun Xabar.uz mobil ilovasi. Yuklab olish ×
IOS qurilmalar uchun Xabar.uz mobil ilovasi. Yuklab olish ×

Bosh prokuror 29 nafar shaxsning arzini eshitdi

Bosh prokuror 29 nafar shaxsning arzini eshitdi

Foto: «Xabar.uz»

2019-yil 6-sentyabr kuni O‘zbekiston Respublikasi Bosh prokurori N.T.Yo‘ldoshev tomonidan videokonferensaloqa orqali fuqarolarning qabuli o‘tkazildi. Bu haqda mahkama matbuot xizmati xabar berdi.

Qabul davomida Bosh prokuror tomonidan 29 nafar jismoniy va yuridik shaxslarning vakillari qabul qilinib, ularning murojaati tinglandi.

Murojaatlarning 15 tasi sud masalalari, 6 tasi prokuratura ish yurituviga, 2 tasi ichki ishlar hamda 6 tasi tadbirkorlik faoliyati masalasiga oid murojaatlarni tashkil etdi.

Murojaatlar Bosh prokuror tomonidan nazoratga olingan holda ko‘rib chiqilmoqda.

Izohlar 0

Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting

Kirish

Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring