Android qurilmalar uchun Xabar.uz mobil ilovasi. Yuklab olish ×
IOS qurilmalar uchun Xabar.uz mobil ilovasi. Yuklab olish ×

Bosh prokuraturadagi bayramda yosh xodimlar qasamyod qildi

Bosh prokuraturadagi bayramda yosh xodimlar qasamyod qildi

Foto: Bosh prokuratura

«Jonajon O‘zbekistonim, mangu bo‘l omon!», g‘oyasi asosida Bosh prokuraturada mustaqilligimizning 28 yilligiga bag‘ishlangan bayram tadbiri bo‘lib o‘tdi.

Tadbirda Bosh prokuratura, prokuratura organlari fahriylarni ijtimoiy qo‘llab-quvvatlash jamoatchilik markazi, Bosh prokuratura huzuridagi Departament hamda Majburiy ijro byurosi xodimlari ishtirok etdi.

Tadbirni Bosh prokuror N.Yo‘ldoshev kirish so‘zi bilan ochib, prokuratura organlari oldiga qo‘yilgan yangi va mas’uliyatli vazifalar mohiyati haqida to‘xtalib, mazkur vazifalarni ro‘yobga chiqarish uchun bor imkoniyatni ishga solish lozimligini ta’kidladi.

Prokuratura organlarining fidoyi xodimlari faoliyati ham Davlatimiz rahbari tomonidan yuksak baholanmoqda.

Prezidentimizning 2019 yil 28 avgustdagi Farmoni bilan xizmat vazifalarini vijdonan bajarib, hamkasblariga o‘rnak bo‘lgan 2 nafar prokuratura organi xodimi «Do‘stlik» ordeni, 2 nafari «Sodiq xizmatlari uchun» va «Shuhrat» medallari bilan taqdirlandilar. Tadbirda ushbu xodimlarga orden va medallar topshirildi.

Shuningdek, jinoyatchilikka qarshi kurashish va qonuniylikni ta’minlashga munosib hissa qo‘shib kelayotgan bir qator xodimlar rag‘batlantirildi.

Bundan tashqari, tadbirda prokuratura organlariga ilk marta qabul qilinib, attestatsiyadan o‘tgan yosh xodimlar o‘z xizmat vazifalarini halol va vijdonan bajarishga, qonun buzilishiga qarshi murosasiz kurashishga, fuqaro, jamiyat va davlat manfaatlarini himoya qilishga tantanali qasamyod qildilar.

Izohlar 0

Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting

Kirish

Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring