Xabarlar tezkor Telegram kanalimizda Obuna bo'lish ×

Bir yarim yilda 2,7 mlrd. so‘mni «tuya qilgan» mansabdorlarga jinoyat ishi ochildi

Bir yarim yilda 2,7 mlrd. so‘mni «tuya qilgan» mansabdorlarga jinoyat ishi ochildi

Foto: «Yandex»

Xorazm viloyati «Yagona buyurtmachi xizmati» injiniring kompaniyasi mansabdor shaxslariga nisbatan jinoyat ishi qo‘zg‘atildi. Bu haqda «Xabar.uz»ga Bosh prokuratura matbuot xizmati ma’lum qildi. Unga ko‘ra, mahkama huzuridagi Departamentning viloyat boshqarmasi tomonidan o‘tkazilgan tergovga qadar tekshiruvda injiniring kompaniyasida ozmuncha qallobliklar aniqlangani yo‘q. Ya’nikim, tender savdolarisiz 41 ta holatda (yana deng, zarur texnika vositalari, moliyaviy ahvoli, ishchi kuchi va boshqa imkoniyatlari bo‘lmagan pudratchi tashkilotlarga!) qurilish ob’yektlari topshirib yuborilgan. Bundan tashqari, haqiqatda bajarilmagan qurilish va ta’mirlash ishlarini hujjatlarda qo‘shib yozish orqali 2019-2020-yillarda jami 2,7 mlrd. so‘m budjet mablag‘larini o‘zlashtirish va «rastrata» qilish yo‘li bilan talon-taroj qilishgan...

Ayni paytda Xorazm viloyati «Yagona buyurtmachi xizmati» injiniring kompaniyasi mansabdor shaxslariga nisbatan tergov harakatlari olib borilmoqda.

Izohlar 0

Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting

Kirish

Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring