Xabarlar tezkor Telegram kanalimizda Obuna bo'lish ×

Bektemir tumani saylov uchastkasidagi holat yuzasidan jinoyat ishi qo‘zg‘atildi

Bektemir tumani saylov uchastkasidagi holat yuzasidan jinoyat ishi qo‘zg‘atildi

Foto: Sherzod Ikramutdinov

Oliy Majlis Qonunchilik palatasi va mahalliy kengashlar uchun o‘tkazilgan saylov vaqtida Bektemir tuman saylov uchastkasida kuzatilgan holat bo‘yicha jinoyat ishi qo‘zg‘atildi. Bu haqda Toshkent shahar prokuraturasi tomonidan xabar berib o‘tildi.

«Joriy yilning 25 dekabr kuni kun.uz sayti orqali namoyish etilgan Bektemir tumani saylov uchastkasidagi bo‘lib o‘tgan qonun buzilishi holatining video lavhasi o‘rganib chiqilib, tumandagi 105-sonli saylov uchastkasida saylov jarayonlarini shaffof tashkil etishda bevosita mas’ul bulgan komissiya a’zolari tomonidan saylov qonunchiligi talablariga zid ravishda, kuzatuvchilarning uchastka saylov xonasidan chiqib ketganligidan foydalanib, saylov qutisiga byulletenlar tashlaganligi holati bo‘yicha O‘zbekiston Respublikasi Bosh prokuraturasi tomonidan 26.12.2019 yilda O‘zbekiston Respublikasi JKning 146-moddasi bilan jinoyat ishi qo‘zg‘atildi», — deyiladi xabarda.

Izohlar 0

Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting

Kirish

Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring