Xabarlar tezkor Telegram kanalimizda Obuna bo'lish ×

Bekobodda turli maktab o‘quvchilarining janjali pichoqlashuv bilan yakunlandi

Bekobodda turli maktab o‘quvchilarining janjali pichoqlashuv bilan yakunlandi

Foto: YouTube

Bekobod shahridagi turli maktabning 10-sinf o‘quvchilari o‘rtasidagi janjal pichoqlashuv bilan yakunlandi. Bu haqda O‘zbekiston Respublikasi IIV Jamoatchilik va OAV bilan aloqalar boshqarmasi xabar berib o‘tdi.

Janjal Bekobod tumani, Navoiy MFY hududida bo‘lib o‘tgan. 2019 yil 5 avgust kuni Toshkent viloyatining Bekobod shahrida yashovchi 9-sonli o‘rta maktabning 10-sinf o‘quvchisi, 16 yoshli I.A. jinoyat sodir etdi. U o‘zaro janjal oqibatida Shova mahallasida yashovchi, 40-sonli o‘rta maktabning 10-sinf o‘quvchisi, 16 yoshli D.T.ning qorin qismiga pichoq bilan zarba bergan. Shuningdek, ularni ajratmoqchi bo‘lgan, Bekobod shahri Beruniy ko‘chasida yashovchi, 2-sonli o‘rta maktabning 10-sinf o‘quvchisi, 15 yoshli D.A.ning yelka qismiga pichoq bilan urib jarohat yetkazgan.

Natijada D.T. va D.A.lar kasalxonaga yotqizilganlar. Holat yuzasidan jinoyat ishi qo‘zg‘atilib, I.A. ushlangan. Tergov harakatlari olib borilmoqda.

Izohlar 0

Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting

Kirish

Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring