Xabarlar tezkor Telegram kanalimizda Obuna bo'lish ×

Baliqchidagi «Kema» bankka olib berildi

Baliqchidagi «Kema» bankka olib berildi

Belgilangan muddatlarda kredit va foizlarining qaytarilmasligi bank yoxud kredit tashkiloti tomonidan shartnomani muddatidan oldin bekor qilish va muddati kelmagan kredit qarzdorligini undirilishigacha yetib boradi.

«Bo‘ston nihol bog‘i» bog‘dorchilik fermer xo‘jaligi ham TIF «Milliy bank» oldidagi 93,3 mln. so‘m miqdordagi muddati o‘tgan foiz qarzni to‘lay olmagani sabab, bank sudga da’vo bilan chiqqan. Sud ishni ko‘rib chiqqach, muddati o‘tgan foiz qarz bilan muddati kelmagan 2,1 mlrd. so‘m kredit qarzini ham undirilishini belgilagan.

Bundan tashqari, undiruvni garovdagi mulklarga qaratilishi ham aytib o‘tilgan.

Garovdagi mulklardan biri «Kema» dam olish maskani bo‘lib, Baliqchi tumanining Eskimarkaz mahallasida joylashgan. Byuroning Baliqchi tuman bo‘limi xodimlari mulkni xatlagach, 760 mln. so‘m boshlang‘ich bahoda elektron onlayn auksion savdolariga chiqarilgan.

Garov shartnomasiga ko‘ra, Afsona mahallasida joylashgan «Mahalla guzari» ham sotuvga qo‘yilgan bo‘lib, 1 mlrd. 750 mln. so‘mga baholangan.

Ushbu mulklar takroriy savdolarda sotilmagach, undiruvchi bankka arzonlashtirilgan narxda taklif etilgan.

Izohlar 0

Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting

Kirish

Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring