Arnasoyda mast o‘quvchilar pichoqlandi
Arnasoy tumanining «Zarafshon» qishloq fuqarolar yig‘inida yashovchi sinfdoshlar A.P. va U.Q. ichkilik ortidan avval zo‘ravonga, keyin jabrlanuvchiga aylandi.
Hammasi mast sinfdoshlarning shu qishloqda istiqomat qiluvchi X.J.ni ularning oldiga tez yetib kelishini talab qilishlaridan boshlandi.
X.J. chaqiriqqa e’tibor qilmadi. Sinfdoshlar esa kattalarning gapiga kirmaydigan yigitchani so‘kib, haqorat qila boshlashdi. Achchiqlangan X.J. shu atrofdagi turarjoydan oshxona pichog‘ini olib chiqdi va og‘zi shaloq sinfdoshlardan birining chap biqiniga ikki marta, boshqasining yelkasiga bir marta tig‘ urdi.
Jabrlanuvchilar tuman tibbiyot birlashmasining jarrohlik bo‘limiga yotqizilgan.
Holat yuzasidan jinoyat ishi qo‘zg‘atildi.
Alijon ABDUSATTOROV
Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting
Kirish
Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring
FacebookTwitter