Android qurilmalar uchun Xabar.uz mobil ilovasi. Yuklab olish ×
IOS qurilmalar uchun Xabar.uz mobil ilovasi. Yuklab olish ×

AOKA «Human.uz voqeasi» yuzasidan rasmiy bayonot berdi

AOKA «Human.uz voqeasi» yuzasidan rasmiy bayonot berdi

Foto: Xabar.uz

O‘zbekiston prezidenti Administratsiyasi huzuridagi Axborot va ommaviy kommunikatsiyalar agentligi ijtimoiy tarmoq va veb-saytlarda bugun, 27-yanvar kuni Human.uz internet-nashri direktori, bosh muharriri va boshqa xodimlarini o‘zini «organ xodimlari» deb tanishtirgan kishilar tomonidan internet-nashrning ofisidan olib ketilgani, shuningdek, mazkur veb-sayt ishlamayotgani bilan bog‘liq tarqalgan xabarlar yuzasidan rasmiy bayonot berdi.

Ta’kidlanishicha, yuqoridagilardan kelib chiqib, Agentlik huquqni muhofaza qiluvchi organlar va Raqamli texnologiyalar vazirligiga tegishli so‘rovlarni yuborgan.

«Aniqlanishicha, prokuratura organlariga fuqarolardan ushbu internet nashrda ishlovchi xodimlar bilan bog‘liq murojaatlar kelib tushgan. Ularga asosan Toshkent viloyati, Qibray tumani, Universitet ko‘chasi, 2-uyda tezkor tadbir tashkil etilgan. Tez orada batafsil ma’lumot berilishi ta’kidlandi.

Raqamli texnologiyalar vazirligining ma’lumotiga ko‘ra, Human.uz veb-sayti O‘zbekiston Respublikasi qonunchiligi bilan tarqatilishi taqiqlangan axborot mavjud bo‘lgan Internet tarmog‘i Reyestriga kiritilmagan va O‘zbekiston Respublikasi hududida undan foydalanilishiga chek qo‘yilmagan.

AOKA huquqni muhofaza qiluvchi organlarini Human.uz internet-nashri xodimlari bilan bog‘liq vaziyatda amaldagi qonun hujjatlariga rioya qilinishiga hamda fuqarolarning huquqlari va erkinliklari ta’minlanishiga chaqiradi», deyiladi bayonotda.

Izohlar 0

Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting

Kirish

Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring