Xabarlar tezkor Telegram kanalimizda Obuna bo'lish ×

Andijondagi ko‘p qavatli uyning 30 ta xonadoni xatlab qo‘yildi

Andijondagi ko‘p qavatli uyning 30 ta xonadoni xatlab qo‘yildi

Keyingi yillarda jismoniy hamda yuridik shaxslar o‘rtasida qarz munosabatlari bilan bog‘liq huquqiy munosabatlarning tobora ortib borayotganligi, shu o‘rinda, ushbu munosabatlar natijasida turli nizolarning kelib chiqayotganligining guvohi bo‘lmoqdamiz.

Bir taraf qarz olib, zimmasiga olgan majburiyatini bajarmasligi oqibatida ikkinchi taraf muammosini sud orqali hal qilish zarurati paydo bo‘lmoqda. Shu sababdan, Byuro organlariga kelib tushayotgan qarz va qarzdorlikni undirish haqidagi ijro hujjatlari soni ortib borayotganini kuzatish mumkin.

Fuqarolik ishlari bo‘yicha Asaka tumanlararo sudining ijro varaqasiga asosan qarzdorlar A.A. va «A.S.P» MChJlardan solidar tartibda undiruvchi N.I. foydasiga 5 mlrd 968 mln so‘m undirish belgilangan.

Ijro hujjati talablarini bajarish to‘g‘risida qarzdorlar ogohlantirilgan. Shunga qaramasdan qarzdorlik to‘lanmagani sabab, Byuroning Andijon shahar bo‘limi tomonidan ijro harakatlari olib borilgan.

Jarayonda Andijon shahrining Barkamol mahallasida joylashgan ko‘p qavatli uyning 30 ta xonadoni qarzdorlik evaziga xatlab qo‘yilgan. Hozirda xonadonlarni baholatish ishlari olib borilmoqda.

Qarzdorlar qonunda belgilangan muddat davomida qarzdorlikni bartaraf etmagan taqdirda, xatlangan xonadonlar elektron onlayn auksion savdolariga chiqariladi.

Izohlar 0

Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting

Kirish

Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring