Xabarlar tezkor Telegram kanalimizda Obuna bo'lish ×

«Agrobank»ning yana ikki filiali mansabdorlariga jinoyat ishi qo‘zg‘atildi

«Agrobank»ning yana ikki filiali mansabdorlariga jinoyat ishi qo‘zg‘atildi

Foto: «Xabar.uz»

ATB «Agrobank»ning ikkita filiali sobiq mansabdorlari ayni paytda tergov qilinmoqda. Bu haqda Bosh prokuratura matbuot xizmati ma’lum qildi. Sobiq mansabdorlar pul mablag‘larini o‘zlashtirish va rastrata qilish yo‘li bilan talon-toroj qilganlikda ayblanmoqda.

Xususan, Do‘stlik filiali mansabdor shaxslari «A-f.» va «N-m.» fermer xo‘jaliklari rahbarlarining xabardorligisiz, ularning hisob-raqamlaridagi jami 105,2 mln. so‘m pul mablag‘larini to‘lov topshiriqnomalarisiz «ko‘rsatilgan texnika xizmatlari uchun» hamda «qoplanmagan kredit mablag‘larini qoplash uchun» mazmunida boshqa fermer xo‘jaliklarining hisob raqamlariga o‘tkazib, pul mablag‘larini o‘zlashtirish va rastrata qilish yo‘li bilan talon-toroj qilganliklari aniqlangan.

Bankning Paxtakor filiali sobiq mansabdor shaxslari esa rasmiy hujjatlarga soxta ma’lumotlar kiritishib, 2018-yilning iyun-dekabr oylarida fuqaro A.X. nomiga jami 197,0 mln. so‘m imtiyozli kredit ajratishga erishib, ushbu kreditlarni unga bermasdan, o‘z ehtiyojlari uchun ishlatib yuborishgani aytilmoqda.

Izohlar 0

Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting

Kirish

Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring