Xabarlar tezkor Telegram kanalimizda Obuna bo'lish ×

Adliya vazirligi o‘z tizimidagi korrupsiyaga qarshi kurashadi

Adliya vazirligi o‘z tizimidagi korrupsiyaga qarshi kurashadi

Foto: Adliya vazirligi matbuot xizmati

Adliya vazirligi tizimdagi ochiqlik va shaffoflikni ta’minlash va korrupsiyaga qarshi kurashish maqsadida «Ochiq adliya» («Open Justice») ijtimoiy dasturini tasdiqlagan. Bu haqda vazirlik axborot xizmati xabar berdi.

Qayd etilishicha, tez sur’atlarda rivojlanib borayotgan dunyo davlat hokimiyati va boshqaruvi organlarining ochiqligi, ularning fuqarolar bilan interaktiv faoliyatini rivojlantirishni talab etmoqda. Ayniqsa, aholi o‘rtasida internetdan foydalanuvchilar soni ko‘pligi va zamonaviy texnologiyalarning ommalashayotganini inobatga olsak, fuqarolar bilan ishlaydigan har bir tashkilot o‘z faoliyatini yangi bosqichga ko‘tarishi lozim. Adliya vazirligi «Ochiq adliya» («Open Justice») ijtimoiy dasturini qabul qilishidan ko‘zlangan maqsad ham shu.

«Ochiq adliya» dasturi doirasida:

  • Jismoniy va yuridik shaxslarga adliya organlari binolarida audio-video yozish moslamalaridan foydalanishga ruxsat berildi.
  • Notarial idoralar va davlat xizmatlari markazlari xodimlarining o‘z vazifalarini bajarishda yo‘l qo‘yayotgan kamchiliklari ustidan internet orqali tezkor shikoyat berish tizimi yaratiladi.
  • Vazirlikning «Facebook»dagi «Adliya bilan muloqot» guruhi hamda «Telegram»dagi «Huquqiy axborot» kanalida keng muhokamaga sabab bo‘layotgan qonun hujjatlari loyihalari yuzasidan huquqiy ekspertiza xulosasi joylashtiriladi.
  • Adliya vazirligi veb-saytida jismoniy va yuridik shaxslar adliya organlariga yuborgan o‘z murojaatlarini kuzatib borishlari mumkin.
  • Vazirlik o‘z binosidagi xonalarning joylashish strukturasini ham qayta ko‘rib chiqqan. Xodimlar keng maydonda bir-birini bemalol kuzata oladigan darajada joylashtirilgan.
  • Adliya vazirligi va uning tarkibiy bo‘linmalarining moliyaviy faoliyati bilan bog‘liq ma’lumotlar vazirlikning veb-saytida e’lon qilinadi. Bunda xarajatlar, ularning bajarilishi bilan bog‘liq hisobotlar, xarid qilish bilan bog‘liq shartnomalar ro‘yxati bilan tanishish mumkin bo‘ladi.
  • Adliya organlari har yil yakuni bo‘yicha aholiga bajarilgan ishlar yuzasidan hisobot beradi.
Izohlar 0

Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting

Kirish

Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring