Xabarlar tezkor Telegram kanalimizda Obuna bo'lish ×

1-fevraldan nimalar o‘zgaradi?

1-fevraldan nimalar o‘zgaradi?

2024-yil 1-fevraldan kuchga kiradigan milliy qonunchilikdagi asosiy o‘zgarishlarning sharhi Norma.uz  portali tomonidan taqdim etildi.

Tadbirkorlarning barqarorlik reytingi joriy etilmoqda

Yuqori barqarorlik reytingidagi tadbirkorlik sub’yektlari soliq tekshiruvlaridan ozod qilinadi hamda bir qator afzalliklarga ega bo‘lishadi.

Import qilingan elektr jihozlarini dilerlar realizatsiya qiladilar

O‘zbekistonga bir qator elektrotexnika mahsulotlarini olib kirishda ishlab chiqaruvchining vakolatli vakillari yoki rasmiy dilerlari bo‘lishi talab qilinadi. Ular sifat, mahsulot xavfsizligi, xizmat ko‘rsatish kafolatlarini ta’minlashi, shuningdek servis xizmatlariga ega bo‘lishi kerak.

Ijtimoiy ta’minot

Reyestrga kiritilgan o‘zgalar parvarishiga muhtoj yolg‘iz keksalar hamda nogironligi bo‘lgan shaxslarga davlat tomonidan kafolatlangan ijtimoiy xizmatlar shartnoma asosida ko‘rsatiladi.

Tadbirkor ayollarni qo‘llab-quvvatlash

Ta’lim tashkilotlarida Oila va xotin-qizlarni qo‘llab-quvvatlash davlat jamg‘armasi mablag‘lari hisobidan tajribali kasanachi va hunarmandlarni jalb qilgan holda kasanachilik va hunarmandchilik yo‘nalishida yangi ish boshlayotgan xotin-qizlar uchun o‘quv kurslari ochilmoqda. Har bir bitiruvchiga sarflangan o‘qitish xarajatlarining 70% igacha, biroq BHMning 5 baravaridan oshmaydigan qismi davlat tomonidan qoplab beriladi.

«Yashil» energiya

«Yashil energiya» axborot tizimi to‘liq funksional rejimida ishga tushiriladi.

Markirovkalashdan keyin maishiy texnikani ro‘yxatdan o‘tkazishMaishiy texnikani ro‘yxatdan o‘tkazish, muvofiqlik sertifikatini berish va majburiy raqamli markirovkalanadigan maishiy texnikalarning muvofiqlik deklaratsiyasini ro‘yxatdan o‘tkazish qat’iy ravishda tegishli markirovka kodini olgandan keyin amalga oshiriladi.

Izohlar 0

Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting

Kirish

Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring