Android qurilmalar uchun Xabar.uz mobil ilovasi. Yuklab olish ×
IOS qurilmalar uchun Xabar.uz mobil ilovasi. Yuklab olish ×

Yarim tunda qiyin vaziyatga tushib qolgan yigitga yordam berildi

Yarim tunda qiyin vaziyatga tushib qolgan yigitga yordam berildi

26 mart kuni tunda Toshkentda qutqaruvchilar oyog‘i ariq (lotok) ustidagi temir panjaraga tiqilib qolgan yigitga yordam berdi. Bu haqda Favqulodda vaziyatlar vazirligi xabar qildi.

Voqea soat 01:45 da sodir bo‘lgan. Yigit Toshkent shahar FVB navbatchilik qismiga 1050 qisqa raqamlari orqali murojaat qilgan.

Xabarga ko‘ra, qutqaruvchilar aytilgan manzilga zudlik bilan yetib kelib, maxsus qutqaruv anjomlari bilan yigitga amaliy yordam ko‘rsatgan.

Izohlar 0

Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting

Kirish

Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring