Android qurilmalar uchun Xabar.uz mobil ilovasi. Yuklab olish ×
IOS qurilmalar uchun Xabar.uz mobil ilovasi. Yuklab olish ×

Xorazmda 10-sinf o‘quvchisi dahshatli YTHga sababchi bo‘ldi

Xorazmda 10-sinf o‘quvchisi dahshatli YTHga sababchi bo‘ldi

Videodan kadrlar

Xorazm viloyati Urganch tumanida tegishli hujjatlarsiz Lacettini boshqarib ketayotgan 10-sinf o‘quvchisi Damasga urilib, yo‘l-transport hodisasini sodir etdi. Bu haqda IIV YHXBB axborot xizmati xabar berdi.

Qayd etilishicha, 6 may kuni soat 15:30 larda haydovchilik guvohnomasiga ega bo‘lmagan maktab o‘quvchisi E.B. Lacettini Urganch tumani hududidan o‘tgan 4P-162 sonli katta aylanma yo‘li bo‘ylab boshqarib ketayotib, tezlikni oshirib, yo‘lning qarama-qarshi tarafiga chiqib ketgan va Damas bilan to‘qnashuv sodir etgan.

Oqibatda uch kishi halok bo‘lgan, yana ikki fuqaro turli tan jarohatlari bilan shifoxonaga yotqizilgan.

Mazkur holat yuzasidan Urganch tumani IIB Tergov bo‘limi tomonidan Jinoyat kodeksi 266-modda (transport vositalari harakati yoki ulardan foydalanish xavfsizligi qoidalarini buzish) 3-qismi «a» bandi bilan jinoyat ishi qo‘zg‘atilgan.

Izohlar 0

Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting

Kirish

Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring