Xabarlar tezkor Telegram kanalimizda Obuna bo'lish ×

Egasini yong‘indan qutqargan itning o‘zi qurbon bo‘ldi

Egasini yong‘indan qutqargan itning o‘zi qurbon bo‘ldi

Britaniyada yong‘in paytida o‘z egasini qutqarmoqchi bo‘lgan it halok bo‘ldi, deb yozadi Mirror.

Kevin Rekord uxlab yotganida, Shogun ismli iti uni uyg‘otib, uy yonayotganidan ogoh etgan. 43 yoshli erkak ko‘zini ochib, zaryad olayotgan elektr skuterdan uchqun uchayotganini ko‘rdi. Oradan bir necha soniya o‘tgach, xonadon alanga ichida qolgan.

Vahimaga tushgan Kevin tutunli xonadan jarohat olsada chiqib ketishga muvaffaq bo‘ldi. Biroq uning iti qochishga ulgurmay, yong‘inda halok bo‘lgan.

«Men sodir bo‘lgan voqeadan, ayniqsa Shogunning yo‘qotishdan qattiq qayg‘uga tushdim. U men uchun hamma narsa edi va hayotimni saqlab qolish uchun nobud bo‘ldi», — deb izoh berdi erkak.

O‘t o‘chirish va qutqaruv xizmati xodimlarining fikricha, skuter quvvatlanayotganda nosozlik yuz bergan, natijada akkumulyator qizib ketgan va yonib ketgan.

Izohlar 0

Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting

Kirish

Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring