Android qurilmalar uchun Xabar.uz mobil ilovasi. Yuklab olish ×
IOS qurilmalar uchun Xabar.uz mobil ilovasi. Yuklab olish ×

«Xitoydan tovar olib kelaman» deb tadbirkorni chuv tushirdi

«Xitoydan tovar olib kelaman» deb tadbirkorni chuv tushirdi

Foto: «Rambler.ru»

2015-yilning dekabr oyi o‘rtalarida 1984-yilda tug‘ilgan, 2016-yil Jinoyat kodeksining 168-moddasi, 2 qismi, «a» bandi bilan jinoyat ishi qo‘zg‘atilib, qidiruv e’lon qilingan P.B. yana firibgarlikka qo‘l urdi.

U o‘zganing mol-mulkini aldov va birovning ishonchiga kirib olish orqali qo‘lga kiritish maqsadini ko‘zladi. Bu safar «uddaburon» yigit 1984-yilda tug‘ilgan, tadbirkor, olmazorlik R.N.ning ishonchiga kirib, unga birga biznes qilishni taklif qildi. P.B. «o‘lja»siga Xitoy Xalq Respublikasidan spirtli mahsulotlarni ishlab chiqarish uchun kerakli apparatura va boshqa jihozlarni olib kelishni va’da qilib, undan jami 200 000 AQSh dollarini olib, bergan va’dasini bajarmasdan, voqea joyidan yashiringan.

Ushbu holat bo‘yicha Jinoyat kodeksining 168-moddasi, 3-qismi, «a» bandi bilan jinoyat ishi qo‘zg‘atilib, tergov ishlari olib borilmoqda.

 

Izohlar 0

Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting

Kirish

Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring