Android qurilmalar uchun Xabar.uz mobil ilovasi. Yuklab olish ×
IOS qurilmalar uchun Xabar.uz mobil ilovasi. Yuklab olish ×

Toshkentdagi kafeda yong‘in sodir bo‘ldi. Jabrlanganlar bor

Toshkentdagi kafeda yong‘in sodir bo‘ldi. Jabrlanganlar bor

Bugun, 13 yanvar kuni soat 09:39 da Toshkent shahar Mirobod tumani, Sarakul ko‘chasida joylashgan kafelarning birida yong‘in sodir bo‘layotganligi to‘g‘risida shahar FVBga xabar tushgan.

Shunga ko‘ra, 5 ta yong‘in-qutqaruv ekipajlari voqea joyiga soat 09:44 da yetib borib, yong‘in soat 10:06 da o‘rab olingan va soat 10:35 da o‘chirilgan. 

Yong‘in natijasida kafe binosining taxminan 150-200 kv.m maydonda tom va shift qismi yonib zararlangan.

Dastlabki ma’lumotlarga ko‘ra, yong‘indan 3 nafar fuqaro tan jarohati olib, shifoxonaga yotqizilgan.

Yong‘in sababi va zarar miqdori aniqlanmoqda, deyiladi FVV xabarida.

Izohlar 0

Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting

Kirish

Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring