Android qurilmalar uchun Xabar.uz mobil ilovasi. Yuklab olish ×
IOS qurilmalar uchun Xabar.uz mobil ilovasi. Yuklab olish ×

Toshkentda xorij fuqarosi YTHga uchradi. Uning mashinasi bo‘laklarga bo‘linib ketdi

Toshkentda xorij fuqarosi YTHga uchradi. Uning mashinasi bo‘laklarga bo‘linib ketdi

Foto: Ijtimoiy tarmoqlar

Toshkentning Yakkasaroy tumanida yo‘l-transport hodisasi ro‘y berdi. Ijtimoiy tarmoqlarda tarqalgan xabarlarga ko‘ra, yo‘l o‘rtasidagi beton ustunni urib yiqitgan avtomobilning o‘zi ham bo‘laklarga bo‘linib ketgan.

Toshkent shahar IIBB tarqalgan xabarlarga aniqlik kiritdi.

Qayd etilishicha, 2020-yilning 23-oktyabr kuni taxminan soat 05.00 da Shota Rustaveli ko‘chasida (160-son o‘rta maktab ro‘parasida) «Nissan» rusumli avtomobil haydovchisi, Ukraina fuqarosi 30 yoshli Artur G. boshqaruvni yo‘qotib, beton ustunga urilgan. YTH sabablari aniqlanmoqda.

To‘qnashuv oqibatida avtomobil haydovchisi hamda yo‘lovchi — 28 yoshli Kristina K. tan jarohatlari bilan shifoxonaga yetkazilgan.

«Hurmatli haydovchilar! Tungi vaqtda harakat kamligi sababli yo‘llar xavfsizroq tuyulishi mumkin. Aslida yo‘l harakati qoidalarini buzish kunning har qanday vaqtida og‘ir oqibatlarga olib keladi. O‘zingizni asrang», deyiladi IIBB xabarida.

Izohlar 0

Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting

Kirish

Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring