Xabarlar tezkor Telegram kanalimizda Obuna bo'lish ×

Toshkentda «Spark» yonib ketdi

Toshkentda «Spark» yonib ketdi

Kecha, 8 iyun kuni soat 22:45 larda, Toshkent shahar, Mirzo Ulug‘bek tumani «Qorasuv-6» dahasida, haydovchi I.R. «Spark» rusumli avtomobilda harakatlanayotib, ushbu hududda joylashgan Makro supermarketi yaqiniga yetgan vaqtida avtomobilning dvigatel qismida qisqa tutashuv bo‘layotganligini payqagan va transport vositasini to‘xtatgan. Qisqa tutashuvdan so‘ng avtomobilda yong‘in yuzaga kelgan.

Yong‘in o‘t o‘chiruvchilar tomonidan bartaraf etilgan. Hodisa natijasida tan jarohati olganlar yo‘q. Avtomobilga zarar yetgan.

Mazkur hodisa yuzasidan Mirzo Ulug‘bek tumani FVB va YHXB xodimlari tomonidan surishtiruv harakatlari olib borilib, yong‘in yuzaga kelish sabablari o‘rganilmoqda.

Izohlar 0

Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting

Kirish

Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring