Android qurilmalar uchun Xabar.uz mobil ilovasi. Yuklab olish ×
IOS qurilmalar uchun Xabar.uz mobil ilovasi. Yuklab olish ×

Toshkentda «Lasetti» ko‘prik to‘sig‘ini buzib, anhorga tushib ketdi (foto)

Toshkentda «Lasetti» ko‘prik to‘sig‘ini buzib, anhorga tushib ketdi (foto)

Foto: IIV YHXBB axborot xizmati

Bugun, 11-iyul kuni soat 6:30 larda, Toshkent shahar, Shayxontohur tumani, Bunyodkor-Seul ko‘chalari chorrahasida, haydovchi 1986 y.t. M.U. «Lasetti» rusumli transport vositasida harakatlanab kelayotib, rul boshqaruvini yo‘qotib (sababiga aniqlik kiritilmoqda), ko‘prik ustidagi temir panjarani buzib o‘tib, «Bo‘rijar» kanaliga tushib ketgan. Bu haqda IIV YHXBB axborot xizmati xabar bermoqda.

Natijada «Lasetti» haydovchisi 34 yoshli M.U. voqea joyida vafot etgan.

Mazkur holat yuzasidan Toshkent shahar IIBB YTH TB tomonidan surishtiruv ishlari olib borilmoqda.

Izohlar 0

Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting

Kirish

Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring