Xabarlar tezkor Telegram kanalimizda Obuna bo'lish ×

Toshkent temir yo‘l vokzalida hushini yo‘qotgan fuqaro hayoti saqlab qolindi (video)

Toshkent temir yo‘l vokzalida hushini yo‘qotgan fuqaro hayoti saqlab qolindi (video)

Foto: Videolavhadan skrinshot

2019-yil 27-iyul kuni soat taxminan 17:30larda Toshkent temir yo‘l vokzali hududida Moskva-Toshkent yo‘nalishidagi poyezdda Toshkentga yo‘lovchi sifatida kelgan fuqaro poyezddan tushishi bilan hushini yo‘qotib, yerga yiqilgan.

Milliy gvardiya matbuot xizmati xabariga ko‘ra, aynan shu manzilda xizmat vazifasini bajarayotgan Milliy gvardiya harbiy xizmatchilari, ichki ishlar xodimlari bu vaziyatning guvohi bo‘lgan zahotiyoq fuqaroga yordam berishgan.

Harbiy xizmatchilarning o‘z vaqtida ko‘rsatgan birinchi tibbiy yordami va chaqiruv asosida zudlik bilan yetib kelgan tibbiyot xodimining sa’y-harakatlari natijasida fuqaro G‘.Jumayevning hayoti saqlab qolingan.

Surxondaryo viloyati Sherobod tumanida istiqomat qiluvchi G‘.Jumayevni ko‘rikdan o‘tkazgan tibbiyot xodimlari hozirda uning ahvoli yaxshi ekanligini ma’lum qilishgan.

Izohlar 0

Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting

Kirish

Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring